Siyosat

Mashhur "galochka" va bayroq ranglari: MSK prezident saylovlari logotipini taqdim etdi

V Tashkente sostoyalas prezentatsiya logotipa prezidentskix vыborov
V Tashkente sostoyalas prezentatsiya logotipa prezidentskix vыborov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.07.2021
Oʻzbekiston prezidenti saylovi kampaniyasini oʻtkazish davrida keng foydalaniladigan ramz taqdimoti boʻlib oʻtdi.
TOSHKENT, 28 iyul - Sputnik. Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati 2021 yilda boʻlib oʻtadigan prezident saylovlarining logotipini tasdiqladi, deb xabar beradi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.
Mazkur logotip, bugun, Markaziy saylov komissiyasi matbuot-markazi rahbari Sanjarbek Rashidov tomonidan jurnalistlarga taqdim etildi.
© Press-slujba press-tsentra TSIK RUzSanjarbek Rashidov
Sanjarbek Rashidov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.07.2021
Sanjarbek Rashidov
Sanjarbek Rashidov nega aynan ushbu logotip tanlangani haqida toʻxtalar ekan, avvalo saylov kampaniyasiga kirishishdan oldin har bitta davlatda uning imiji hisoblanuvchi logotip va boshqa atributlarni ishlab chiqishga alohida eʼtibor qaratilishini qayd etib oʻtdi.
Maʼlum boʻlishicha, logotipni yaratishda uch oy izlanishlar olib borilgani va mazkur maqsadlar uchun maxsus fokus guruhi tashkil etilib, uning tarkibiga mamlakat aholisining barcha qatlami: ziyolilar, ishchilar, xizmatchilar, dehqn-fermerlar, shuningdek, yoshlar, keksalar, erkaklar va ayollar, umuman olganda, hamma toifa vakillari kiritilgan.
Jumladan, fokus guruhidan Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi tarix instituti rektori Azamat Ziyo, Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomchilik va dizayn instituti rektori Nodir Sayfullayev, Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi raisi Akmal Nur, Toshkent toʻqimachilik instituti prorektori Holida Komilova, Oʻzbekiston davlat belgisi korxonasi rahbari Baxtiyor Jumayev singari olimlar, sanʼatshunoslar, psixolog va sotsiologlar joy olgan.
Shuningdek, xalqaro ekspertlar, xorijiy davlatlar tadqiqotchilari va psixologlardan ham saylov kampaniyasi uchun moʻljallab tayyorlangan logotipni odamlarga taʼsiri, ularni saylov kampaniyasiga jalb qila olish xususiyati toʻgʻrisida fikrlar olingan.
V Tashkente sostoyalas prezentatsiya logotipa prezidentskix vыborov
V Tashkente sostoyalas prezentatsiya logotipa prezidentskix vыborov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.07.2021
V Tashkente sostoyalas prezentatsiya logotipa prezidentskix vыborov
Rashidovning aytishicha, saylov logotipi sifatida 16ta variant ishlab chiqilgan va yakunida hamma tomonidan maʼqullangan variant tasdiqlangan.
Logotipda saylov boʻlib oʻtadigan kun sanasi aks etgan va Oʻzbekiston davlat bayrogʻi ranglaridan foydalangan. Shuningdek, logotipda barcha uchun tanish boʻlgan ramz - saylovlarda asosiy belgilardan biri sanalgan, xalq orasida "galochka", deyiladigan ramzdan foydalanilgan.
""Galochka"ning logotipdagi maʼnosi - qush kabi qanot qoqib yuksak samoga parvoz qilayotgan Oʻzbekistondir", dedi Sanjarbek Rashidov.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala