Jamiyat

Olmaliqda kelgusi haftadan "Sputnik V" vaktsinasini ishlab chiqarish boshlanadi - prezident

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil mestorojdeniye "Yoshlik-1" Almalыkskogo gorno-metallurgicheskogo kombinata
Shavkat Mirziyoyev posetil  mestorojdeniye Yoshlik-1 Almalыkskogo gorno-metallurgicheskogo kombinata - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.07.2021
Korxonaning yillik quvvati 10 million doza vaktsina boʻladi, lekin boshlangʻich bosqichda esa - 2 million doza boʻladi.
TOSHKENT, 29 iyul - Sputnik. Olmaliqda "Sputnik V" ishlab chiqariladi. Bu haqida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev xabar qildi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

Olmaliqda kelgusi haftadan "Sputnik V" vaktsinasini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi. Bu yerda ushbu preparatni ishlab chiqarish uchun yetarli sharoit bor. Taklif qilingan joy rossiyalik ishlab chiqaruvchilarga maʼqul keldi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Vaktsinani ishlab chiqarish Olmaliqda joylashgan farmatsevtika kompaniyasi quvvatlari asosida amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish quvvati 10 million doza boʻladi, lekin boshlangʻich bosqichda oyiga 2 million doza vaktsina ishlab chiqariladi.
Eslatib oʻtamiz, oldin ushbu vaktsinani "Joʻrabek Labaratoriyes" kompaniyasida ishlab chiqarish imkoniyati oʻrganilayotgani haqida xabar bergan edik.
JSST maʼlum qilishiga koʻra, insoniyat yana kamida 10 yil davomida pandemiya sharoitida yashashiga toʻgʻri kelishi mumkin. Bunda har bir kishi yiliga 2 marotaba vaktsina olishga majbur boʻladi.
Bunday vaziyatda pandemiyadan qutilishning yagona yoʻli - bu vaktsina olishdir. Vaktsina olgan bemorlar kasalikka chalinsa ham 3-4 kunda tuzalib ketmoqda. Vaktsina olmaganlar - ogʻir ahvolda uzoq vaqt davolanishga majbur boʻlishmoqda, dedi prezident.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala