Iqtisod

Shavkat Mirziyoyev Olmaliqda yangi mis boyitish fabrikasiga tamal toshi qoʻydi

© Ramiz BaxtiyarovTseremoniya zakladki kapsulы pri stroitelstve medno-obogatitelnoy fabriki v Almalыke
Tseremoniya zakladki kapsulы pri stroitelstve medno-obogatitelnoy fabriki v Almalыke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.07.2021
Olmaliqdagi yangi mis boyitish fabrikasining yillik quvvati 60 million tonna boʻlib, u yerda mis, oltin va kumush metallari qazib olinadi.
TOSHKENT, 29 iyul - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, bugun Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibidagi "Yoshlik I" koni negizida 3-mis boyitish fabrikasi qurilishiga tamal toshi qoʻydi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev zalojil pervыy kamen v stroitelstvo tretyey medno-obogatitelnoy fabriki AGMK
Shavkat Mirziyoyev zalojil pervыy kamen v stroitelstvo tretyey medno-obogatitelnoy fabriki AGMK - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.07.2021
Shavkat Mirziyoyev zalojil pervыy kamen v stroitelstvo tretyey medno-obogatitelnoy fabriki AGMK
Yangi mis boyitish fabrikasining yillik quvvati 60 mln tonna boʻladi va u ikki bosqichda amalga oshiriladi:
1 bosqich: 2021 -2025 yillarga qadar 290 ming tonna mis katodi, 38 tonna oltin va203 tonna kumush;
2 bosqich: 2024-2028 yillarda 400 ming tonna mis katodi, 50 tonna oltin va 270 tonna kumush olish rejalashtirilgan.
Yangi konda qimmatbaho metallarni qazib va ajratib olishning samarali va zamonaviy uslublaridan foydalaniladi. Xususan, misni flotatsiya usuli bilan ajratib olish, sorbtsion eritmaga oʻtkazish orqali oltin ajratib olish va boshqa texnologiyalar.
Tseremoniya zakladki kapsulы pri stroitelstve medno-obogatitelnoy fabriki v Almalыke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.07.2021
Iqtisod
Olmaliqda dunyodagi eng yirik oltin va mis zahiralari joylashgan - prezident
Yangi korxonada texnologik jarayonlar maksimal darajada avtomatlashtirilgan boʻladi. Xususan, maydalangan ruda, tayyor mahsulot va chiqindi rudalar barcha oʻz omborlariga yoki eritish tsexlariga konveyer yordamida avtomatlashtirilgan tartibda yuyuboriladi.
Olmaliqdagi ushbu mis boyitish korxonasini qurish uchun Oʻzbekiston Rossiyaning Yetakchi konsortsiumi - Enter Engineering kompaniyasi hamda "Gazprombank"ning "Uralmashzavod" korxonasi bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻygan.
Kelishuvga asosan Enter Engineering va "Uralmashzavod" Olmaliqdagi mis boyitish kombinatini qurib "tayyor holatda" Oʻzbekistonga topshirishi kerak. Bunda Enter Engineering obʼyekt qurilishi va loyihalash ishlarini bajaradi "Uralmashzavod" esa - kerakli aspob va uskunalarni yetkazib beradi.
Olmaliqdagi yangi mis boyitish korxonasi 2024 yilda ishga tushganidan soʻng bu yerda 6 mingta yangi ish oʻrinlari yaratiladi.
Tseremoniya zakladki kapsulы pri stroitelstve medno-obogatitelnoy fabriki v Almalыke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.07.2021
Iqtisod
Olmaliqda mis sanoati klasteri yaratiladi – prezident
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala