Jamiyat

Mirziyoyev bilan uchrashuvdan soʻng mashhur boʻlgan "BelAZ"chiga prezident sovgʻasi topshirildi

© Press-slujba xokimiyata Tashkentskoy oblastiVoditelyu BelAZa vruchili prezidentskiy podarok
Voditelyu BelAZa vruchili prezidentskiy podarok - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.07.2021
Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari "BelAZ" haydovchisiga prezident bilan birga tushgan suratni sovgʻa qilgan.
TOSHKENT, 30 iyul - Sputnik. Kuni kecha, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 3-mis boyitish fabrikasi qurilishining boshlanishiga bagʻishlangan marosimda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan suhbatlashgan "BelAZ" haydovchisi Aziz Yusupovga prezident nomidan sovgʻa topshirildi.
Yusupovga sovgʻani Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati Hamza Jumayev topshirdi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
© Press-slujba xokimiyata Tashkentskoy oblastiVoditelyu BelAZa vruchili prezidentskiy podarok
Voditelyu BelAZa vruchili prezidentskiy podarok - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.07.2021
Voditelyu BelAZa vruchili prezidentskiy podarok
"Kuni kecha prezidentimiz hamsuhbat boʻlgan Aziz Yusupovni bugun butun respublika tanidi. Ijtimoiy tarmoqda bu holat turli muhokamalarga sabab ham boʻldi. Ochigʻi, shu "belazchi" yigitga havasim keldi. Xuddi shunaqa rasm menda yoʻqligi ozgina alam ham qildi. Lekin, uni topshirishning ham yoqimli gashti bor ekan", - deydi Hamza Jumayev.
Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari "BelAZ" haydovchisiga prezident bilan birga tushgan suratini sovgʻa qilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader