Tseremoniya otkrыtiya XXXII letnix Olimpiyskix igr - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Oʻzbekiston Tokio Olimpiya oʻyinlarida
23 iyuldan 8 avgustga qadar Tokioda Olimpiada oʻyinlari boʻlib oʻtadi. Unda 71 sportchidan iborat Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi ishtirok etadi.

Oʻzbekiston OOʻ-2020da: 8-kuni qanday natija qayd etildi

Bekmurod Oltiboyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.07.2021
Bugun Olimpiadaning sakkizinchi kun bahslari oʻtkazildi.
TOSHKENT, 31iyul — Sputnik. Bugun Olimpiadaning sakkizinchi kun bahslari oʻtkazildi.
Dzyudo: oʻzbekistonlik sportchilar jamoaviy bellashuvda Niderlandiyaga magʻlub boʻldi. Respublika dzyudochilari Olimpiadadagi oʻz ishtiroklarini yakunlashdi.
Boks: Shahobiddin Zoirov 1/8 finalda Kabo-Verde vakili David Varelani 5:0 hisobida magʻlubiyatga uchratib, chorak finalga yoʻl oldi.
Elnur Abduraimov tojikistonlik bokschi, Osiyo chempioni Bahodur Usmonovni 5:0 magʻlubiyatga uchratdi va chorak finalga yoʻl oldi. Endi u navbatdagi jangida armanistonlik Ovaness Bachkovga qarshi ringga koʻtariladi.
Oʻq otish: Muxtasar Toxirova (37 sportchi ichida 30-oʻrin). Bu finalga chiqish uchun yetarli boʻlmadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala