Hodisalar

“Zomin” sanatoriysi yaqinidagi oʻrmonda yongʻin sodir boʻldi

© Press-slujba MCHSPojar v Zaamine
Pojar v Zaamine - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.08.2021
Oʻriklisoy qishlogʻi dala maydonida yongʻin sodir boʻlgan. Yongʻin joyiga 4 ta yongʻin-qutqaruv boʻlinmasi jalb qilingan.
TOSHKENT, 1 avg — Sputnik. Jizzax viloyati Zomin tumanidagi “Duoba” QFY Oʻriklisoy qishlogʻi dala maydonida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Maʼlum qilinishicha, qishloq hududidagi dala maydonida yongʻin sodir boʻlganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga 1 avgust kuni soat 10:40 larda kelib tushgan.
Hozirda yongʻin joyiga 4 ta yongʻin-qutqaruv boʻlinmasi hamda 24 nafar shaxsiy tarkib chiqib ketgan.
Dastlabki boʻlinmalar yongʻin joyiga yetib bordi va yongʻinni oʻrab olish ishlari boshlangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala