“Zomin” sanatoriysi yaqinidagi o‘rmonda yong‘in sodir bo‘ldi

© Press-slujba MChSPojar v Zaamine
Pojar v Zaamine - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.08.2021
Obuna bo‘lish
O‘riklisoy qishlog‘i dala maydonida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi jalb qilingan.
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Jizzax viloyati Zomin tumanidagi “Duoba” QFY O‘riklisoy qishlog‘i dala maydonida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, qishloq hududidagi dala maydonida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risidagi ma’lumot viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga 1-avgust kuni soat 10:40 larda kelib tushgan.
Hozirda yong‘in joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi hamda 24 nafar shaxsiy tarkib chiqib ketgan.
Dastlabki bo‘linmalar yong‘in joyiga yetib bordi va yong‘inni o‘rab olish ishlari boshlangan.
Yangiliklar lentasi
0