Siyosat

Rossiya va Oʻzbekiston harbiylarining oʻquv-mashgʻulotlari boshlandi

© Minoboronы UzbekistanaRossiyskiye voyennыe pribыli na uzbeksko-afganskuyu granitsu
Rossiyskiye voyennыe pribыli na uzbeksko-afganskuyu granitsu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.08.2021
Qoʻshma oʻquv-mashgʻulotlar ikki davlat bayroqlari koʻtarilishi hamda harbiy qoʻmondonlar tantanali nutqidan boshlandi.
TOSHKENT, 2 avg – Sputnik. Rossiya va Oʻzbekiston harbiylarining qoʻshma oʻquv mashgʻulotlari “Termiz” togʻli poligonida boshlandi, deb xabar qilmoqda Rossiya Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy okrugi qoʻmondonligi.
“Surxondaryo viloyatida joylashgan “Termiz” togʻli poligonida Oʻzbekiston va Rossiya qoʻshma oʻquv mashqlari boshlandi. Tadbik ikki davlat harbylarining birgalikda saf tortishidan boshlandi”, - deyilgan xabarda.
Ikki davlat bayroqlari koʻtarilib madhiyalari yangraganidan soʻng tantanali miting boʻlib oʻtdi. Unda Markaziy Harbiy okrug shtabi boshligʻi oʻrinbosari general-mayor Nikolay Tereщenko va Oʻzbekiston Mudofaa vaziri oʻrinbosari Qodir Tursunov harbiy xizmatchilarga jangovar oʻquv mashqlarni bajarishda muvaffaqiyatli hamkorlik qilishni tilashdi.
Shuningdek qoʻmondonlar birgalikda oʻtkazilayotgan oʻquv-mashqlar Rossiya va Oʻzbekiston hamkorligini mustahkamlashga xizmat qilishiga umid bildirishdi. Shundan soʻng ishtirokchilar tantanali qadamlar bilan “Termiz” poligoni platstsidan oʻtishdi.
Eslatib oʻtamiz Rossiya va Oʻzbekiston harbiylarining qoʻshma oʻquv mashqlarida Rossiya harbiy kuchlarining 1,5 mingga yaqin askarlari, 300ta qurol-aslaha va harbiy texnika birliklari ishtirok etmoqda. Qoʻshma mashgʻulotlar besh kun davom etishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala