Kolumnistlar

Olimpiadada amerikaliklarni halol oʻyindan chiqarib tashlashdi

© Sputnik / Aleksey FilippovSportsmenы sbornoy SSHA na parade atletov na tseremonii otkrыtiya XXXII letnix Olimpiyskix igr v Tokio
Sportsmenы sbornoy SSHA na parade atletov na tseremonii otkrыtiya XXXII letnix Olimpiyskix igr v Tokio - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.08.2021
TOSHKENT, 3 avg — Sputnik. Rossiyalik olimpiadachilar Tokioda haqiqatan ham vizantiyacha makkorligini namoyon etishdi. Juda kam sonli jamoa bilan kelishdi: odatdagi yuz yengil atletchi oʻrniga oʻn kishi – qanday qilib? Propaganda xeytining oʻninchi toʻlqiniga bardosh berishdi. Neytral libosda bayroqsiz va madhiyasiz chiqish qilishmoqda. Deyarli tunu kun dopingga tahlil topshirishmoqda – hech boʻlmaganda Sofya Velikaya ustidan qilingan masxaralashga qarang. Bunga qaramasdan ular gʻolib boʻlishmoqda.
Toʻxtang. Biz bunga kelishmagan edik-ku. Rejaga koʻra rossiyalik sportchilar kelib, hammasi magʻlub boʻlishi kerak edi. Ular, gʻarblik hamkorlarning fikricha, hammasida doping uradi. Qanday qilib? Biroq Rossiya terma jamoasining muvaffaqiyati “doping”, testlarni almashtirish va Rodchenkov moʻylovi bilan bogʻliq bu voqealarning bari navbatdagi safsatali feykligining namoyishkorona va yorqin dalili boʻldi – “Novichok” haqidagi keti yoʻq voqealar kabi.
Bugun esa ignaga, boz ustiga yoppasiga va mutlaq rasman, yuzlab va minglab gʻarblik, avvalo amerikalik sportchilar oʻtiribdi. Ularning bahonasi oddiygina, u “davolash uchun mustasno” deb ataladi. Ayrilar uni “doping uchun litsenziya” deyishadi.
Kongress VADA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.01.2020
WADA taʼqiqlangan moddalar roʻyxatini yangiladi
Uni qoʻlga kiritish unchalik qiyin emas. Sportchi oʻzining milliy dopingga qarshi qoʻmitasiga shifokor maʼlumotnomasini taqdim etadi va hech qanday muammosiz taqiqlangan moddalarni qabul qilish huquqiga ega boʻladi.
Kimyoning turlari koʻp. Bu yerda norvegiyalik changʻichilar astmaga qarshi foydalanadigan dorilar ham bor. Anaboliklar ham bor, tennischi opa-singil Uilyamslarni uni ichishda doim gumon qilib kelishadi. Turli psixotroplar. Amerikalik gimnastikachi Simona Baylzni Tokiodagi Olimpiadada muammolari katta ehtimol bilan shu bilan bogʻliq.
Qizigʻi shundaki, shunga oʻxshash ruxsatnomalarni va ularni tarkibi maxfiylashtirilgan. Goʻyoki bu sportchilarning tibbiy maʼlumotlari, shaxsiy, intim narsa. Milliy dopingga qarshi kurashish qoʻmitalarining hisoboti shunday tuziladi-ki, hech kim hech narsani tushunmasin.
Dopingga qarshi haqiqatdan kuraisha urinayotgan avstraliyalik faollar aniqlashdiki, masalan, 2012 yilda mamlakatda 37 ta kuchli taʼsir qiluvchi dori vosilariga – insulindan ritalingacha - davolash maqsadidagi ruxsatnoma berilgan. Ammo har bir doriga aniq qancha va kimga ruxsatnoma berilganini hech kim bilmaydi.
Afsonaviy britaniyalik yuguruvchi Mo Farning tahlillarida morfin, vikodin, triamtsinolondan iborat qorishma bor edi. Hech kim, ammo, uning olimpiya oltin medalini shubha ostiga qoʻymadi. Chetlashish haqida gap ham boʻlmadi. Buyuk Britaniya qirolichasi uni ritsarlik unvonini berdi va Mo oʻzining sport faoliyatini davom ettirdi. U Tokioga borgan boʻladi, agarda termaga saralash bosqichidan oʻta olganda.
WADA qarori zamirida siyosiy tusga ega fikrlar yotibdi - Putin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.12.2019
Video
WADA qarori zamirida siyosiy tusga ega fikrlar yotibdi - Putin
Taqiqlangan moddalarni bir necha yillar davomida opa-singil Uilyamslar va Sinoma Baylzning tahlillarida topishgan. Biroq bu har uchchala sportchilarning musobaqalarda qatnashishga ijozat berildi va u qoʻldan kelguncha medallarga ega chiqishdi. Muammoning koʻlami hatto koʻplab oddiy amerikaliklarni qoʻrqitib yubordi.
Bir necha yil avval mashhur “USA Today” jurnali surishtiruv oʻtkazishga urindi, WADAga maktub yoʻlladi. Opa-singil Uilyamslarning tahlili shunchalik yomonmi? Davolash mustasnolari maʼlumotlarini olib, eʼlon qilish kerak emasmi? Odamlar afsonaviy sportchilar nima qabul qilishayotganini bilishsin.
Butunjavon dopigga qarshi kurashish tashkiloti soʻrovga javob bermadi. Hech qanday maʼlumot ham ochiqlanmadi. Jurnalistlarning Amerika dopigga qarshi kurashish agentligining opa-singil Uilyamslar haqidagi va ularga qoʻshilgan Baylz aybsiz degan rasmiy bayonotiga qanoat hosil qilishiga toʻgʻri keldi.
Baylz oʻshanda bolalikdan giperfaollik va kam eʼtibordan aziyat chekishini tushuntirdi. Shuning uchun WADA unga ritalin ichishga ruxsat bergan. Bu nimaga olib kelganini butun dunyo Tokioda koʻrdi.
Ritalin kuchli psixostimulyatordir, oddiy tilda uni “qashshoqlar uchun kokain” deyishadi. Uni chegaradan olib oʻtish qoidalari juda murakkab, pandemiya vaqtida yanada qatʼiylashtirildi. Voqea bilan tanish kishilarning soʻzlariga koʻra, Simona Baylz murabbiyi sportchiga kerak boʻlgan ritalin zaxirasini Yaponiyaga olib kelolmagan.
Dorisiz qolgan mashhur gimnastikachi jamoa oʻz holiga tashlab, musobaqalardan nomzodini oldirdi. Amerika OAVlari uni qahraman deb eʼlon qilishdi, hissiyotga boy xabarlar toʻlib-toshdi. Ammo oqni oq, qorani qora demoq zarur. Butun dunyoning koʻz oʻngida yetakchi amerikalik sportchi giyohvand moddasiga oʻrganib qolganini boshdan kechirdi.
Olimpiada 2016. Fextovaniye. Jenщinы. Sablya. Komandnoye pervenstvo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.12.2019
Sport
“Ahmoqona qaror”: WADA qarori yuzasidan sport afsonalarining fikri
Ommaning bu sharmandalikdan diqqatini chalgʻitish uchun Amerika dopingga qarshi kurashish agentligi rahbari Trevis Taygart rus sportchilariga malomat yogʻdirdi: “Rossiya qattiq jazoga loyiq va firibgarlik qilishda davom etyapti”.
Meni eshiting, bu oʻsha yaqinda amerikalik yuguruvchi ShaKarri Richardsonni bir oy sportdan chetlatish bilan jazolagan Taygart-ku. Richardson musobaqa boshlanishi oldidan marixuanani boplab chekkandi. Odatda WADA bu uchun toʻrt yilga chetlashtiradi.
Endi esa Taygert Rossiyani “dopingni davlat qoʻllab-quvvatlashda” ayblab, olimpiadachilarning barcha doping tahlillari eʼlon qilishni taklif qilmoqda. Marhamat. Rossiyalik sportchilarning qoʻrqadigan joiy yoʻq. XOQ hozirgina ularda hech qanday musbat tahlil yoʻqligini tasdiqladi. Amerikalik sportchilarning tahlillariga tomosha qilish maroqli boʻladi. U yerda, aftidan, Mendeleyev tablitsasidagi barcha moddalar bor.
Ruslar xalqaro musobaqalardagi bosimlarga odatlanishdi. Lekin Tokio Olimpiadasining siyosiylashtirib yuborilgani haddan oshmoqda. Halol jangda yutishga kuchlari boʻlmagan gʻarblik hamkorlar igʻvo, boʻhton, ochiqchasiga hujum qilishga oʻtmoqda. “Oh sport, sen – urush!” – amerikaliklar Olimpiya shiorini oʻrgartirsa boʻlardi.
Narkotik va taqiqlangan moddalardan amerikalik sportchilarning jazosiz foydalanishi, ehtimol, ularga biror bir gʻalaba keltirar. Lekin uzoq muddatda bu haqiqatdan qoʻrqinchli narsa. Bir necha amerikalik avlodlarda agarda yoshlikdan turli narsalarni isteʼmol qilsa, sport yulduzi boʻlish mumkin degan fikr oʻrnashgan. Bu jazosiz qolishni murabbiylar, shifokorlar, Trevis Taygart, prezidentgacha xas poʻshlaydi. Bu “dopingni davlat qoʻllab-quvvatlashi” boʻlmadan nima? WADA amerikaliklar bilan shugʻullansa yaxshi boʻlardi – katta sport kelajagi uchun.
Vizit glavы MID RF S. Lavrova v Slovakiyu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.11.2019
Siyosat
Lavrov WADA᾽ning Rossiyani chetlatish tavsiyasiga munosabat bildirdi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala