Jamiyat

Sportchi Akbar Joʻrayevning onasiga prezident sovgʻasi topshirildi

© Minsport Vrucheniye podarka ot prezidenta materi Akbara Jurayeva
Vrucheniye podarka ot prezidenta materi Akbara Jurayeva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.08.2021
Boʻstonliq tumani hokimi Akbar Joʻrayevning onasiga prezident sovgʻasini topshirdi.
TOSHKENT, 4 avg – Sputnik. Tokio Olimpiadasida 3 avgust kuni oltin medal sohibi boʻlgan oʻzbekistonlik ogʻir atletikachi Akbar Joʻrayevning onasiga prezident sovgʻasi topshirildi.
Sovgʻani Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani hokimi Axmedov Joʻrabek Ilxomovich topshirdi.
“Chempionimiz yanada yuksak marralarga erishsin. Bunaqa olimpiadalarning koʻpini koʻrsin. Ushbu sovgʻa prezidentimiz nomidan shaxsan sizga”, - deb ulkan guldastani sportchining onasiga topshirdi.
Biroz oldin Shavkat Mirziyoyev Olimpiada oltin medali haqidagi xabarni eʼlon qilin uchun majlisni toʻxtatib barchani tabriklagan edi.
Eslatib oʻtamiz, 109 kg vaznda ishtirok etayotgan oʻzbekistonlik ogʻir atletikachi Akbar Joʻrayev 3 avgust kuni Tokio Olimpadasida 193 va 237 kg vazn koʻtarim, umumiy natija 430 kg bilan yangi olimpiya rekordi oʻrnatgan edi.
Bu Oʻzbekiston Olimpiya jamoasining ikkinchi oltin medali boʻldi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader