Siyosat

Vazirlar mahkamasida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi

© Sputnik / Tabыldы KadыrbekovChinovnik s portfelem
Chinovnik s portfelem - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.08.2021
TOSHKENT, 5 avg — Sputnik. Oʻzbekiston Vazirlar mahkamasida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi.
Hukumat qaroriga koʻra:
Sherzod Abdurasulovich Karimov Vazirlar mahkamasi Taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyati mudirining oʻrinbosari;
Sharifbek Shamsiddinovich Hasanov Vazirlar mahkamasi Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati mudirining oʻrinbosari - Turizm va sportni rivojlantirish masalalari shuʼbasi mudiri;
Alisher Mirkamalovich Nazarmuhamedov Vazirlar mahkamasi Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyatining Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish masalalari shuʼbasi mudiri;
Shahobiddin Sharafiddinovich Musayev Vazirlar mahkamasi Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyatining Ommaviy kommunikatsiyalar va axborot ochiqligini taʼminlash masalalari shuʼbasi mudiri etib tayinlandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala