Jamiyat

Yunusobod tumanida yangi mavze tashkil etilmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovStrana belыx avtomobiley. Belыy tsvet bolshe otrajayet svet i menshe nagrevayetsya
Strana belыx avtomobiley. Belыy tsvet bolshe otrajayet svet i menshe nagrevayetsya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.08.2021
“Otchopar-2” mahallasi hududida tashkil etilayotgan mavzega “Manzara” nomini berish toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
TOSHKENT, 5 avg — Sputnik. Toshkentning Yunusobod tumanida yangi “Manzara” mavzesi tashkil etilmoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yunusobod tumani hokimining “Yunusobod tumani “Otchopar-2” mahalla fuqarolar yigʻini hududida tashkil etilayotgan mavzega “Manzara” nomini berish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyilgan.
Loyihaga muvofiq, qaror qabul qilingach, “Otchopar-2” mahalla fuqarolar yigʻini xududida yangi tashkil etilayotgan mavzega “Manzara” nomi aks etgan nomlagichlar oʻrnatiladi va tegishli hujjatlarga oʻzgartirish kiritiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala