Video

Rossiyalik harbiylar oʻzbekona mehmondoʻstlikidan hayratga tushishdi – video

Urush oʻz yoʻliga, lekin tushlik vaqtida boʻlsin - Rossiyalik harbiylarni Termizda qanday taomlar bilan siylashdi.
Shu kunlarda Afgʻoniston chegarasi yaqinida joylashgan “Termiz” poligonida Rossiya va Oʻzbekistonlik harbiylarning oʻquv mashgʻulotlari boʻlib oʻtmoqda.
Mashgʻulotlarning dastlabki kunida harbiy-taktik oʻquvlar boʻlib oʻtdi. Ikkala tomon harbiylari dushman hujumiga javob qaytarish va shartli terrorchilarni yoʻq qilish amallarini bajarishdi.
Mashgʻulotlardan erkin vaqtda esa sport musobaqalari, futbol volleybol, tosh koʻtarish va sportning boshqa turlari boʻyicha ham bellashuvlar oʻtkazildi. Shuningdek musiqa, ashula va raqs hamda barchaning sevimli taomi - palov uchun ham vaqt topildi.

“Biz oʻrta osiyoliklar mehmondoʻst ekanini oldin ham eshitgan edik, lekin bizni bunchalik ochiq koʻngillik, did va sharqona mehmondoʻstlik bilan kutib olishganidan hayratda qoldik”, - dedi Rossiya harbiylari vakili mayor Taras Vasilyev Sputnik muxbiriga.

Harbiy mashgʻulotlarning soʻnggi kunida yerdagi kuchlarga zarba beruvchi aviatsiya hamda boshqa qoʻshin turlari qoʻshilishadi. Jangovar mashgʻulotlarda ikki davlatdan 400ga yaqin jangchilar ishtirok etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala