Hodisalar

Soʻx tumaniga sel keldi

© Sputnik / Anatoliy Ustinenko / Fotobankka oʻtishPosledstviya sxoda selevogo potoka
Posledstviya sxoda selevogo potoka  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.08.2021
Sel oʻtishi oqibatida Soʻx tumani hududidan oʻtuvchi “Soʻx-Rishton” avtoyoʻlining 80 metr qismiga loy aralash shagʻalga toʻlgan.
TOSHKENT, 7 avg — Sputnik. Fargʻona viloyati Soʻx tumaniga sel keldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Sel 6 avgust kuni soat 17:05 larda Qirgʻizistonning Botkent viloyati Qadamjoy tumani togʻ va adir hududlarida kuchli yomgʻir yogʻishi oqibatida kelgan. Soʻx tumani “Navobod” MFY hududidagi “Malbut”, “Devayron-Umbara”, “Qalacha”, “Tul” va “Poloxona” sel yoʻllaridan 30 m3. miqdoridagi sel oqimlari oʻtgan.
Sel oʻtishi oqibatida Soʻx tumani hududidan oʻtuvchi “Soʻx-Rishton” avtoyoʻlining 80 metr qismiga loy aralash shagʻalga toʻlgan. Malbut qishlogʻi xoʻjalik ekin maydonlariga hamda “Umbara” (15 ta xonadon) va “Devayron” MFY (25 ta xonadon) hududlaridagi jami 40 ta xoʻjalik tomorqalari, qoʻshimcha bino va uylarning yertoʻlalariga suv kirgan.
Likvlidatsiya posledstviy podtopleniya v Namanganskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.07.2021
Jamiyat
Namangan viloyatida sel oqibatlari bartaraf etilmoqda
Sel oqibatlarini bartaraf etish maqsadida tuman hokimiyatida FVB, IIB, prokuratura organlari, SSB rahbariyati tarkibidan iborat tezkor shtab tashkil etilib, sel oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirilgan.
Xabarda sel toshqinlari oqibatida jabrlangan va halok boʻlganlar yoʻqligi qoʻshimcha qilingan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader