Migratsiya

Rossiyada ommaviy mushtlashuv yuz berdi: oʻzbekistonlik migrantlar ishtiroki oʻrganilmoqda

© Sputnik / Anna Solovyeva / Fotobankka oʻtishDraka
Draka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.08.2021
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ushbu mushtlashuvda oʻzbekistonlik mehnat migrantlarining ishtirokini oʻrganib, zarur holatda yurtdoshlar huquqlarini himoya qilish boʻyicha oʻz vakolati doirasida barcha choralarni koʻradi.
TOSHKENT, 8 avg - Sputnik. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ushbu davlatda boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolaridan ommaviy mushtlashuvlarda ishtirok etmaslikni soʻrab, murojaat yoʻlladi.
"Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyaning Moskva shahrida turli millat vakillari ishtirokida etnik ommaviy mushtlashuv yuz bergani haqida xabarlar tarqalmoqda. Shu munosabat bilan, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ushbu davlatda boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolaridan bunday ommaviy mushtlashuvlarda ishtirok etmaslikni, muammoli yoki nizoli vaziyatlarda vakolatli organlar hamda mamlakatimizning ushbu davlatdagi diplomatik idoralariga murojaat qilishni, Rossiya qonunlariga rioya etishni soʻraydi", - deyiladi xabarda.
Ommaviy mushtlashuvlarda ishtirok etish chet el fuqarolari uchun Rossiya qonunlariga muvofiq javobgarlikka tortilish yoki davlatdan majburiy chiqarib yuborishga olib kelishi mumkin.
Shu bilan birga, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ushbu mushtlashuvda oʻzbekistonlik mehnat migrantlarining ishtirokini oʻrganib, zarur holatda yurtdoshlar huquqlarini himoya qilish boʻyicha oʻz vakolati doirasida barcha choralarni koʻradi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala