Migratsiya

“KAMAZ” Oʻzbekistonda 400 kishini ishga oladi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Fotobankka oʻtishAvtomobilnыy zavod "Kamaz" v Tatarstane
Avtomobilnыy zavod Kamaz v Tatarstane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.08.2021
Kelajakda mehnat migrantlari professional koʻnikmalar olishi va oʻz malakalarini oshirishi imkoniga ega boʻladilar.
TOSHKENT, 9 avg – Sputnik. PAO “KAMAZ”ning bir guruh mutaxassislari Oʻzbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan tartibda ishga olish maqsadida Respublikaga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiyaning yetakchi yuk avtomobillar korxonasiga ishga jalb qilish imkoniyati ikki davtlat hukumatlari hamda “KAMAZ” va Oʻzbekistoning Tashqi Mehnat migratsiyasi agentligi orasida 2021 yilning iyul oyida imzolangan kelishuvdan soʻng paydo boʻldi.
Tseremoniya otkrыtiya novoy linii po sborke avtomobiley KAMAZ v g. Samarkand - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.09.2020
Iqtisod
VEB Oʻzbekistonda “Kamaz” avtomobili va maxsus texnikasini xarid qilishni moliyalashtiradi
Ushbu loyihaning samarali amalga oshirilishidan ikkala tomon ham manfaatdor: “KAMAZ” oʻz mehnatsevarligi, ishga munosabati va tartib intizomi bilan tanilgan oʻzbekistonlik ishchilarlarga ega boʻladi, Oʻzbekiston fuqarolari esa Rossiyaning yirik va zamonaviy korxonalaridan birida ishga joylashish imkoniga ega boʻlishadi.
“Bu yerda ishchilar kasbga oʻqitish, ijtimoiy kafolatlar, tibbiy sugʻurta va turar joy bilan taʼminlanadi. Undan tashqari ularning Oʻzbekistondan Naberejnыe Chelnы shahrigacha kelish transport xarajatlarini ham qoplab beriladi. Bularning barchasi kelajakda ham oʻzaro foydali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida amalga oshirilmoqda”, - deyilgan xabarda.
Kelajakda mehnat migrantlari professional koʻnikmalar olishi va oʻz malakalarini oshirishi imkoniga ega boʻladilar.
Maʼlumot uchun, bugungi kunda PAO "KAMAZ" 60 dan ortiq modeldagi yuk avtomobillari, printseplar, avtobuslar, dvigatellar va boshqa uskunalar ishlab chiqaradi. Korxonaning ishlab chiqarish hajmi yil sayin oshib bormoqda. 2021 yilning birinchi yarmida 24 mingdan ortiq mashina komplektlari ishlab chiqarilgan. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1/3 baravar koʻp. 2018 yildan boshlab “KAMAZ” elektrobuslar ishlab chiqarishni boshlagan. Bugungi kunda PAO “KAMAZ” tarkibiga MDH hududida joylashgan 109ta korxona kiradi, ishchilar umumiy soni 32,7 mingdan ortiq.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala