Jamiyat

Nega oʻzbek-xitoy vaktsinasining ikkinchi va uchinchi dozalari bilan emlash vaqtincha toʻxtatildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVaktsinatsiya v Tashkente
Vaktsinatsiya v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.08.2021
Taʼkidlanishicha, imkon qadar koʻproq odamni emlash va qisman immunitet shakllantirish maqsadida hozircha birinchi dozani qoʻllashga qaror qilingan.
TOSHKENT, 9 avg — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yil 9 avgustdan boshlab Oʻzbekistonda ZF-UZ-VAC-2001 oʻzbek-xitoy vaktsinasining ikkinchi va uchinchi dozalari bilan emlash 1 hafta muddatga vaqtincha toʻxtatilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Ushbu holatga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi oʻrinbosari Nurmat Otabekov oydinlik kiritdi.
Uning soʻzlariga koʻra, dunyo hamjamiyatida vaktsinalarga ehtiyoj keskin ortib bormoqda. Oʻzbekistonda ham har kuni 350-400 ming doza vaktsinadan foydalanilyapti.
“Tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, ZF-UZ-VAC-2001 vaktsinasining ikkinchi dozasini olishi kerak boʻlganlarning 50 foizi, uchinchi dozani olishi kerak boʻlganlarning 70 foizi oʻz vaqtida navbatdagi vaktsinani olishga kelmayapti. Agar biz ularning navbatdagi dozani olishi uchun vaktsinalarni saqlab turaversak, vaqtdan yutqazamiz. Shu bois aholining katta qismida qisman boʻlsa-da immunitet shakllantirish uchun mavjud vaktsinalarni faqatgina birinchi dozani oluvchilar uchun qoʻllashga qaror qildik. Biz shu orqali kasallikka qarshi qisman immunitet shakllantirishimiz va kasallik yuqqan taqdirda, yengil oʻtishi uchun zamin yaratgan boʻlamiz”, - deya tushuntiradi Otabekov.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirusga qarshi 1,3 milliondan ziyod kishi toʻliq emlangan. Mamlakatdan foydalanilgan vaktsinalar dozasi 10 milliondan oshgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala