Siyosat

Sherzod Asadov prezidentning Rossiyaga tashrifi haqidagi savolga javob berdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPress-sekretar prezidenta Uzbekistana, zamglavы yego administratsii Sherzod Asadov
Press-sekretar prezidenta Uzbekistana, zamglavы yego administratsii Sherzod Asadov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.08.2021
Delegatsiyalar, vazirliklar uchrashmoqda, boʻlajak tashrifning kun tartibini shakllantirish jarayoni ketmoqda - prezident matbuot kotibi.
TOSHKENT, 9 avg - Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi albatta uyushtiriladi, lekin aniq sanasi hozircha maʼlum emas, deb javob berdi prezident matbuot kotibi Sputnik muxbirining savoliga.
- Shavkat Mirzyoyevning Rossiyaga tashrifi saylovgacha boʻlib oʻtadimi, yoki pandemiya tufayli yanada kechroq muddatga koʻchirilishi mumkinmi?
- Oʻzbekiston prezidentirnin Rossiyaga tashrifi, soʻzsiz, kun tartibida turibdi. Faqat uning aniq sanasi epidemiologik vaziyatga bogʻliq boʻlib qolmoqda. Lekin ushbu tashrifga tayyorgarlik toʻla-toʻkis olib borilmoqda. Oʻzingiz guvoh boʻlganingizdek, ikkala tomonning ham hukumat delegatsiyalari juda faol tashriflar amalga oshirishmoqda.
Oʻzbekiston bosh vaziri ham qoʻshma komissiya ishida ishtirok etish uchun Rossiyada boʻlgan edi. Undan tashqari biz bu yerda Tatariston prezidenti Rustam Minnixanovni hamda Rossiya sogʻliqni saqlash vazirini kutib oldik. Xullas, boʻlajak tashrifning kun tartibini shakllantirish jarayoni ketmoqda, - dedi Sherzod Asadov.
Eslatib oʻtamiz, soʻnggi bor Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi bir necha bor ortga surilgan edi. Soʻnggi bor iyun oyida boʻlib oʻtilishi haqida xabar berilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala