Jamiyat

Ayrim huquqbuzarliklar boʻyicha jarimalar miqdori kamaytirilishi mumkin

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.08.2021
Pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori ikki baravardan ham koʻproqqa kamaytirilishi mumkin.
TOSHKENT, 10 avg — Sputnik. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning beshta moddasidagi maʼmuriy huquqbuzarlik uchun jarimalarni keskin kamaytirish taklif qilinmoqda. Adliya vazirligi tegishli qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qoʻydi.
Xususan:
muddati oʻtgan sugʻurta polisi yoki sugʻurta polisida nazarda tutilmagan shaxs avtotransport vositasini boshqarganligi uchun jarima miqdori ikki baravarga kamaytirilmoqda (amalda 245 ming soʻm, endilikda 122,5 ming soʻm etib taklif etilmoqda);
transport vositalari egalari tomonidan sugʻurta polisini olmaganlik uchun jarima fuqarolar uchun ikki baravarga (amalda 245 ming soʻm, endilikda 122,5 ming soʻm etib taklif etilmoqda), mansabdor shaxslarga esa uchdan bir qismga (amalda 735 ming soʻm, endilikda 490 ming soʻm etib taklif etilmoqda) kamaytirilmoqda;
fuqarolar tomonidan valyuta qiymatliklarini noqonuniy olish yoki oʻtkazish uchun jarima miqdori BHMning oʻn baravaridan (2,45 mln soʻm) yigirma baravarigacha (4,9 mln soʻm) boʻlgan miqdor oraligʻida belgilanmoqda (amalda qatʼiy miqdorda – 4,9 mln soʻm etib belgilangan);
buxgalteriya hisobi va hisoboti tartibini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga nisbatan jarimalar miqdori deyarli ikki baravarga kamaytirilmoqda (amalda 1,2 mln soʻmdan 2,4 mln soʻmgacha, endilikda 735 ming soʻmdan 1,7 mln soʻmgacha, bir yil ichida qayta sodir etilganda amalda 2,4 mln soʻmdan 4,9 mln soʻmgacha, endilikda 1,7 mln soʻmdan 2,4 mln soʻmgacha etib belgilash taklif etilmoqda);
yoʻlovchilarni litsenziyasiz tashish bilan shugʻullanganlik uchun jarima miqdori uch baravarga kamaytirilmoqda (amalda fuqarolar uchun 4,9 mln coʻmdan 24,5 mln soʻmgacha, endilikda 1,7 mln soʻm etib, mansabdor shaxslar uchun 12,2 mln 36,7 mln soʻmgacha boʻlsa, endilikda 7,3 mln soʻm etib belgilash taklif etilmoqda);
Bundan tashqari, pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori ikki baravardan ham koʻproqqa kamaytirilmoqda (223-modda);
- Oʻzbekiston fuqarosi pasport olmaganligi yoki uning shikastlanishi, yoʻqolganligi, shuningdek, chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning Oʻzbekistonda yashash guvohnomasi boʻlmaganligi, yashash guvohnomasining shikastlangani yoki yoʻqolganligi uchun amaldagi 122 ming soʻmdan 735 ming soʻmgacha boʻlgan jarima miqdori 81,6 ming soʻmdan 245 ming soʻmgacha boʻlgan miqdorgacha etib belgilash taklif qilinmoqda;
- Fuqarolar tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjati boʻlmagan, vaqtincha yoki doimiy roʻyxatdan oʻtmagan fuqarolarni turar-joy binolarida yashashga ruxsat berganlik uchun amaldagi 2,4 mln soʻmdan 735 ming soʻmgacha etib belgilash taklif qilinmoqda.
Mazkur qonun loyihasi bilan quyida tanishish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala