Jamiyat

Toshkentda yoshlar huquqlariga bagʻishlangan anjuman boʻlib oʻtadi

© Sputnik / Sergey Subbotin / Fotobankka oʻtishPortfeli
Portfeli - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.08.2021
Yoshlar huquqlari anjumanida 30 dan ortiq mamlakat va xalqaro tashkilotlardan 500 dan ziyod vakillar ishtirok etishi kutilmoqda.
TOSHKENT, 10 avg - Sputnik. Toshkentda 12-13 avgust kunlari Yoshlar huquqlari boʻyicha jahon konferentsiyasi boʻlib oʻtadi, deb xabar qilmoqda Inson huquqlari boʻyicha Milliy markazining matbuot xizmati.
“Global harakatlarga yoshlarni jalb qilish” mavzusida boʻlib oʻtadigan anjuman gibrid shaklda, yaʼni oflayn va onlayn tarzda oʻtkaziladi. Unda ishtirok etish uchun 30 dan ortiq mamlakat va xalqaro tashkilotlardan 500 dan ziyod vakil istak bildirdi, - deyilgan xabarda.
Nufuzli forumning ochilishida BMTning Inson huquqlari boʻyicha oliy komissari Mishel Bachelet, BMT Bosh kotibining Yoshlar ishlari boʻyicha elchisi Jayatma Vikramanayake, Parlamentlararo Ittifoq Bosh kotibi Martin Chungong, YEXHT Bosh kotibi Xelga Mariya Shmidt va boshqa xalqaro tashkilotlarning rahbarlari soʻzga chiqishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala