Hodisalar

Moʻynoqda futbol oʻyini vaqtida katta janjal yuzaga keldi

© Sputnik / Anna Solovyeva / Fotobankka oʻtishDraka
Draka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.08.2021
“Moʻynoq Siti” va Milliy gvardiyaning “Jayhun” jamoalari uchrashuvida janjal kelib chiqdi.
TOSHKENT, 11 avg — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Moʻynoq tumanidagi stadionlardan birida ommaviy mushtlashuv aks etgan video tarqaldi.
Tuman hokimligi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, 10 avgust kuni soat 18:00 da Moʻynoq tumani “Orol” klubi stadionida futbol boʻyicha Qoraqalpogʻiston XXVIII chempionatining 8-turida “Moʻynoq Siti” va Milliy gvardiyaning “Jayhun” jamoalari uchrashuvi boʻlib oʻtgan.
Oʻyin paytida ikki jamoa oʻrtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Bunga 67-daqiqada “Moʻynoq Siti” vakili S. Mirzamurotov “Jayhun” aʼzosi A. Yerejepovni yiqitishi sabab boʻlgan.
Buning ortidan stadiondagi muxlislar ham oʻz noroziligini bildirib, maydonga chiqishgan.
IIB va Milliy gvardiya xodimlari tezda janjalni toʻxtatishgan. Hodisa oqibatida jarohatlanganlar yoki shifoxonaga tushganlar yoʻq.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala