OAV: Qunduzda yuzlab afg‘on harbiylari toliblarga* taslim bo‘ldi

© Sputnik / Sanallax Sayam / Mediabankka o‘tishVoyennoslujashiy Afganistana
Voyennoslujashiy Afganistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2021
Obuna bo‘lish
OAV Qunduz shahrida yuzlab afg‘on harbiy xizmatchilari “Tolibon”* jangarilariga taslim bo‘lganini xabar qildi.
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Tojikiston chegarasi yaqinida joylashgan Qunduz shahrida yuzlab afg‘on harbiy xizmatchilari “Tolibon”* jangarilariga taslim bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti AFP agentligiga tayangan holda xabar bermoqda.
“Bugun ertalab aeroportda bo‘lgan yuzlab harbiy xizmatchilar, politsiyachilar va qarshilik ko‘rsatish kuchlari a’zolari o‘zlarining hamma qurol-yarog‘lari bilan toliblarga* taslim bo‘lishdi”, - degan Qunduz viloyati kengashi a’zosi Amruddin Vali.
Voorujennie lyudi v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2021
“Tolibon”* vakili: vaziyat hukumatning nazorati ostidan to‘liq chiqdi
Afg‘onistondagi harbiy-siyosiy vaziyat Amerika qo‘shinlari mamlakatdan olib chiqib ketilishi ortidan keskinlashdi. Hukumat kuchlari jangarilar hujumlarini qaytarishga urinishmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, 400 ga yaqin uyezddan 200 dan ziyodi “Tolibon”* vakillari nazorati ostiga o‘tgan.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0