Jamiyat

Muftiy Usmonxon Alimovning ahvoli haqida maʼlumot berildi

© Mejdunarodnыy press-klubUsmonxon Alimov - Predsedatel upravleniya musulman Uzbekistana, muftiy
Usmonxon Alimov - Predsedatel upravleniya musulman Uzbekistana, muftiy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.08.2021
Muftiy oʻpka va qon-tomir kasalliklari, xususan, oʻpka pnevmoniyasi muolajalarini olmoqda.
TOSHKENT, 12 avg — Sputnik. Moskva shahrida joylashgan klinikalardan birida davolayotgan Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovning ahvoli barqaror. Bu haqda musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, muftiy oʻpka va qon-tomir kasalliklari, xususan, oʻpka pnevmoniyasi muolajalarini olmoqda.
“Ayni kunlarda hazratning holatlari barqaror. Davolash tadbirlari tajribali shifokorlar tomonidan tibbiyot sohasining ilgʻor yutuqlarini qoʻllagan holda davom ettirilmoqda”, - deyilgan xabarda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq muftiy Usmonxon Alimov Moskvada davolanayotgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala