Sport

Besh karra jahon chempioni Vishvanatan Anand Toshkentga keldi

© Intellektualnыy klub "Zakovat"Pyatikratnыy chempionat mira po shaxmatam Vishvanatan Anand priletel v Tashkent
Pyatikratnыy chempionat mira po shaxmatam Vishvanatan Anand priletel v Tashkent - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.08.2021
Zakovat-Gambit musobaqasi doirasida dunyoga mashhur shaxmat yulduzlari oʻzbekistonlik havaskor shaxmatchilar bilan bellashadi.
TOSHKENT, 13 avg – Sputnik. Shaxmat boʻyicha besh karra jahon chempioni Vishvanatan Anand Toshkentga yetib keldi, deb xabar qilmoqda Zakovat-Gambit turnirining telegram kanali.
Toshkentda 10 – 15 avgust kunlari boʻlib oʻtadigan Zakovat-Gambit xalqaro turnirida jahon shahmatining taniqli yulduzi Yudit Polgar, shuningdek oʻzbekistonlik shahmat cheimpionlari Rustam Qosimjonov, Timur Gareyev, Gulruhbegim Toxirjonovalar ham ishtirok etishadi.
Saralash bahslarida ishtirok etish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtish mumkin. Fuqarolar yoshi va reytingi boʻyicha hech qanday cheklov yoʻq. 7 avgustga qadar 3,8 ming havaskor shaxmatchilar ushbu turnirda ishtirok etish istagini bildirishgan. Turnirning mukofot fondi 610 million soʻmni tashkil qiladi.
Shaxmat musobaqasining finla bahslari 14-15 avgust kunlari boʻlib oʻtadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala