Jamiyat

Chiroyli avtoraqamlar yil boshidan buyon davlat byudjetiga nega pul keltirgani maʼlum boʻldi

© Novosti Uzbekistana"Krasivыe" nomera na avtomobil v Uzbekistane
Krasivыe nomera na avtomobil v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.08.2021
Sotilgan avtoraqamning eng past bahosi – 450,5 ming soʻmni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa 441,5 mln soʻmni tashkil qildi.
TOSHKENT, 13 avg - Sputnik. Oʻzbekistonda 2021 yilning oʻtgan davrida onlayn-auktsionlar orqali 168,7 mlrd. soʻm lik chiroyli avtoraqamlar sotildi, deb xabar qilishdi AOKAda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Respublika tovar-xom ashyo birjasi vakillari.
Avtoraqam.uzex.uz vebsaytida onlayn-auktsionlar orqali 168,7 mlrd soʻmlik 83,2 mingdan ziyod “chiroyli” avtoraqamlar sotildi. Bunda, avtoraqamlarning sotuvi son jihatdan 2,4 barobarga, hajmi boʻyicha – 42% ga oʻsdi, - deyilgan xabarda.
Sotilgan avtoraqamning eng past bahosi – 450,5 ming soʻmni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa 441,5 mln soʻmni tashkil qildi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda chiroyli avtoraqamlarni onlayn auktsion orqali sotish 2017 yilda boshlangan edi. Qisqa vaqt ichida ushbu faoliyat davlat byudjetiga moʻmay daromad keltirgani qayd etilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala