Rossiya

Voronejda avtobus portlashida bir kishi qurbon boʻldi

© Pravitelstvo VoronejaVzrыv avtobusa v Voroneje
Vzrыv avtobusa v Voroneje - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.08.2021
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, avtobusda gaz balloni portlagan, lekin hodisa terrorchilik akti boʻlishi mumkinligi ham tekshirilmoqda.
TOSHKENT, 13 avg —Sputnik. Rossiyaning Voronej shahrida avtobus portlashi oqibatida 18 kishi jarohatlandi, ogʻir jarohat olgan biri kishi shifoxonada vafot etdi, deb xabar qilmoqda Rossiya SSV.
“Jarohatlanganlar Voronej shifoxonalariga joylashtirilgan, ularning ahvoi turlicha: uch kishini shifokorlar ogʻir ahvolda deb baholamoqda, sakkiz kishi oʻrta ogʻir ahvolda. Yana 7 kishiga ambulator yordam koʻrsatilmoqda”, - deyilgan xabarda.
Maʼlumot uchun, ichida 35 nafar yoʻlovchi boʻlgan PAZ rusumli yoʻnalishli avtobus Voronejdagi "Galereya Chijova" nomli savdo markazi oldida 12 avgust kuni kechqurun portlab ketgan edi.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, avtobusda gaz balloni portlagan, lekin yoʻlovchi tashish kompaniyasi uning barcha avtobuslari dizel yonilgʻisidan foydalanishini maʼlum qilgan.
Ushbu munosabat bilan Tergov Qoʻmitasi jinoyat ishi qoʻzgʻatib, tekshiruvlar oʻtkazmoqda. Bir vaqtning oʻzida ushbu hodisa ehtimoliy terrorchilik akti boʻlishi mumkinligi ham tekshirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala