Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Ashraf Gʻani afgʻon xalqiga murojaat bilan chiqdi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishPrezident Afganistana Moxammad Ashraf Gani
Prezident Afganistana Moxammad Ashraf Gani  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.08.2021
Ashraf Gʻani barcha kuchlarni xavfsizlikka yoʻnaltirilishini hamda 20 yilda erishilgan natijalar zoye ketishiga yoʻl qoʻymasligini maʼlum qilgan.
TOSHKENT, 14 avg – Sputnik. Afgʻoniston Islom Respublikasi prezidenti Muhammad Ashraf Gʻani mamlakatdagi vaziyat va oʻz rejalari haqida afgʻon xalqiga video murojaatnoma yoʻlladi, deb xabar qilmoqda Sputnik Afgʻoniston.
“Men hozir barcha afgʻon xalqi xavotirda ekanini bilaman. Prezident sifatida shuni vaʼda beramanki, kelajakda zoʻravonlikka, aholining u joydan bu joyga koʻchishga majbur boʻlishiga yoʻl qoʻymayman.
Bugungi vaziyatda biz oqsoqollar bilan keng koʻlamli maslahatlarni boshlaganmiz va yaqin vaqt ichida ularning natijalarii sizga maʼlum qilamiz. Hozir biz biz barcha kuchlarni xavfsizlikni oshirishga qaratganmiz.
Men "afgʻonlarga majburan bogʻlanayotgan" ushbu yangi urush yangi qurbonlar, vayronagarchiliklar olib kelishiga yoʻl qoʻymanman. Biz soʻnggi 20 yil ichida erishilgan natijalar zoye ketishiga yoʻl yoʻl qoʻymaymiz”, - dedi Gʻani.
Afgʻoniston prezident har doim oʻz xalqiga tinchlik faravonlik istaganini va kelajakda ham shu yoʻalishda davom etishini maʼlum qildi.
Eslatib oʻtamiz, Tolibon ayni damda Afgʻoniston shimolida va Qobul yaqinida bir necha viloyatlar markazlarini egallab olgan. Ular Afgʻonistoda hukumatni toʻliq oʻz qoʻllariga olishni istaydi, prezident Ashraf Gʻani bilan muzokaralar oʻtkazishni istamaydi va faqat uning isteʼfosini talab qilishmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala