Rossiya

Sankt-Peterburgda migrantlarni emlash boshlandi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishTsentr vaktsinatsii ot COVID-19 v Lujnikax
Tsentr vaktsinatsii ot COVID-19 v Lujnikax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.08.2021
Sankt-Peterburgdagi Migratsiya markazi hududida mehnat migrantlarini “Sputnik Layt” vaktsinasi bilan emlash boshlandi.
TOSHKENT, 14avg – Sputnik. Rossiyaning “shimoliy poytaxti”da ham mehnat migrantlarini COVID-19ga qarshi bir komponentli “Sputnik Layt”vaktsinasi bilan emlash boshlandi.

Emlash “Bronka Grupp” xoldingi tarkibiga kiruvchi Krasnыy Tekstilщik koʻchasida joylashgan “Yagona tibbiy markaz”da amalga oshirilmoqda. Bu yerda bir kunda 250 kishigacha vaktsina olishi mumkin. Markaz patent bilan ishlaydigan, patenti yoʻq, YEOII fuqarosi boʻlgan xorijiy fuqarolarni ham emlashga tayyor.

Xolding direktori Nikita Murov aytishiga koʻra, mehnat migrantlari odatda transport, chakana savdo, kommunal xizmat kabi odamlar bilan “kontakt qiladigan” sohalarda ishlashadi. Shu sababli ham ularni tezroq emlash muhim.
“Ushbu yoʻnalishda faol ishlash jamiyatimizda tezroq kollektiv immunitet ishlab chiqishiga va virus tarqalishini oldini olishga xizmat qiladi. Kelajakda savdo markazlari va ommaviy-ovqatlanish muassasalarining yoppasiga yopilishini (lokdaun)oldini oladi”, - dedi Murov.
Vaktsina olish uchun koll-tsentr orqali Markaz bilan bogʻlanib roʻyxatga yozilish kerak.
“Yagona tibbiy markaz” MCHJ – Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati Migratsiya markazi hududida joylashgan. Ushbu tibbiy markaz, shuningdek, mehnat migrantlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish bilan ham shugʻullanadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala