Jamiyat

Hafta oxirida issiq ob-havo yana qaytadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSemya osvejayetsya ot proxladы fontana
Semya osvejayetsya ot proxladы fontana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.08.2021
18 avgustdan salqin havo massasi Oʻzbekiston hududidan chekina boshlaydi.
TOSHKENT, 16 avg – Sputnik. Hafta boshida Oʻzbekistonda salqin ob-havo saqlanib turadi. Bugun, 16 avgust kuni harorat +28...+33, ertaga +30...+35 daraja atrofida boʻladi. Bu haqda Oʻzgidromet xabar bermoqda.
18 avgustdan esa salqin havo massasi mamlakat hududidan chekina boshlaydi va uning oʻrniga Eron hududlaridan nisbatan issiq ob-havo kirib keladi.
Havo harorati asta-sekin koʻtariladi va haftaning oxiriga kelib, kechalari +18...+20 darajagacha, kunduz kunlari 36...+38 darajagacha koʻtariladi.
Bunday harorat avgust oyining ikkinchi yarmi uchun boʻlgan oʻrtacha koʻp yillik qiymatlardan +2...+3 darajaga yuqori boʻladi.
“Biroq shuni qayd etish joizki, ushbu davrda Oʻzbekiston hududida eng issiq yillarda harorat +40...+41darajagacha, janubda esa +42...+44 darajagacha koʻtarilgan. Biz hafta davomida va keyinchalik ham bunday issiqni kutmayapmiz”, - deyilgan xabarda.
Respublika boʻyicha hafta davomida birozdan oʻrtachagacha boʻlgan shamollar bilan quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi.
Fargʻona vodiysi viloyatlarining ayrim togʻli hududlarida faqat 16 avgust kuni kechqurun momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala