Dunyoda

Tramp Baydenni sharmandalarcha isteʼfoga chiqishga chaqirdi

© AP Photo / Ross D. FranklinBыvshiy prezident SSHA Donald Tramp
Bыvshiy prezident SSHA Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.08.2021
AQShning sobiq prezidenti amaldagi Oq uy rahbari isteʼfoga chiqishi zarur deb hisoblashini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 16 avg – Sputnik. AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Afgʻonistonda roʻy bergan voqealardan soʻng Oq uyning amaldagi rahbari Jo Baydenning isteʼfoga chiqish vaqti kelganini maʼlum qildi.
“Baydenning u Afgʻonistonda yoʻl qoʻygan ishlari uchun sharmandalarcha isteʼfoga chiqish vaqti keldi... Bu (isteʼfo – tahr.) unchalik katta ish boʻlmasligi kerak, chunki u avval boshdan qonuniy saylanmagan edi”, - deyiladi Trampning Twitter᾽da tarqatilgan bayonotida.
14 aprel kuni AQSH prezidenti Jo Bayden Afgʻonistondan mamlakat qoʻshinlari butunlay olib chiqib ketilishini maʼlum qildi. Shundan soʻng Afgʻonistonda “Tolibon”* harakati faollashdi va mamlakatning yirik shaharlarini birin-ketin egallab ola boshladi.
15 avgust kuni ular Kobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallashdi. Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani “qon toʻkilishining oldini olish uchun” mamlakatni tark etganini bildirdi.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Stranы mira. Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.08.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
“Tolibon”* Afgʻonistondagi urush yakunlanganini eʼlon qildi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala