Jamiyat

Oʻzbekistonliklar mustaqillik bayrami munosabati bilan 5 kun dam oladi

Kalendar na aprel - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.08.2021
Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan Oʻzbekistonda 1—5-sentyabr kunlari dam olish kuni etib belgilandi.
TOSHKENT, 17 avg – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan Oʻzbekistonda 1—5-sentyabr kunlari dam olish kuni etib belgilandi.
Farmonga binoan, kelayotgan bayramda ish haftasi turidan qatʼi nazar, idoralar, korxona va tashkilotlarning barcha xodimlariga ketma-ket besh kunlik taʼtil beriladi.
Hujjatga koʻra dam olish kunlari quyidagi tartibda belgilandi.
1-sentyabr (chorshanba) — Mustaqillik kuni;
2-sentyabr (payshanba) — qoʻshimcha dam olish kuni;

3-sentyabr (juma) — qoʻshimcha dam olish kuni;

4-sentyabr (shanba) — dam olish kuni (hamma uchun, ish haftasi turidan qatʼi nazar);

5-sentyabr (yakshanba) — dam olish kuni.

Shuningdek farmonda fuqarolarning rasmiy sanani nishonlash davrida toʻliq dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish, dam olish va bayram kunalaridan oqilona foydalanishini taʼminlash lozimligi aytib oʻtilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala