Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Ashraf Gʻani qayerdaligi maʼlum boʻldi

© AFP / -Ashraf Gani vo vremya videoobraщeniya
Ashraf Gani vo vremya videoobraщeniya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.08.2021
BAA insonparvarlik nuqtai nazardan prezident Ashraf Gʻani va uning oilasini qabul qilganini tasdiqladi.
TOSHKENT, 18 avg – Sputnik. Afgʻoniston sobiq prezidenti Ashraf Gʻani Birlashgan Arab Amirliklaridan boshpana topgan. Bu haqda Amirliklar TIV rasmiy bayonot berdi.

“BAA tashqi ishlar vazirligi BAA insonparvarlik nuqtai nazaridan prezident Ashraf Gʻani va uning oilasini qabul qilganini tasdiqlaydi”, - deyilgan rasmiy xabarda.

15 avgust kuni toliblar Kobulni qurshab olgach, 2014 yildan buyon mamlakatga rahbarlik qilib kelgan prezident Ashraf Gʻani Afgʻonistonni tark etgan edi.
OAVlar oʻz manbalarini tayangan holda Gʻani Markaziy Osiyo mamlakatlariga, jumladan, Oʻzbekistonga uchib ketgani haqida yozishdi. Biroq bu xabarlar tasdiqlanmadi va rad etildi.
“Tolibon”* va qator OAVlar Gʻani Oʻmon davlatiga uchib ketganini ham taʼkidlashdi.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala