Iqtisod

Sentyabrdan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshirilmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.08.2021
2021 yilning 1 sentyabridan boshlab Oʻzbekiston hududida: mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – oyiga 822 000 soʻm etib belgilandi
TOSHKENT, 18 avg - Sputnik. Sentyabrning birinchi sanasidan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshirilmoqda. Bu haqda prezidentning tegishli Farmoni imzolandi.
Hujjatga koʻra, 2021 yilning 1 sentyabridan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori 1,1 barobarga oshiriladi.
2021 yilning 1 sentyabridan boshlab Oʻzbekiston hududida: mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – oyiga 822 000 soʻm;
bazaviy hisoblash miqdori – oyiga 270 000 soʻm;
pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 289 000 soʻm;
yoshga doir eng kam pensiyalar – oyiga 565 000 soʻm;
bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladigan nafaqa – oyiga 622 000 soʻm;
zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – oyiga 440 000 soʻm;
ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi pensiyalarning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda – oyiga 440 000 soʻm;
belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 623 000 soʻmgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik boʻyicha pensiyalari miqdori – oyiga 623 000 soʻm;
1941–1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek, fashistlar kontslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan shaxslarning eng kam pensiya miqdori ustamalarni inobatga olgan holda – oyiga 2 750 000 soʻm etib;
boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 440 000 soʻm etib belgilandi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya toʻlanadi;
boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun nafaqa miqdori – oyiga 440 000 soʻm va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun 165 000 soʻmdan qoʻshilishi belgilandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala