Jamiyat

Oʻzbek shifokorlari ilk bor jigar transplantatsiyasi amaliyotini mustaqil amalga oshirishdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishLecheniye bolnыx s COVID-19 v GKB №52
Lecheniye bolnыx s COVID-19 v GKB №52 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.08.2021
Bugungi kunda kamida yiliga 40-50 nafar oʻzbekistonliklar jigar transplantatsiyasi uchun xorij davlatlariga borishmoqda.
TOSHKENT, 19 avg - Sputnik. Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining malakali mutaxassislari ortotopik jigar transplantatsiyasi operatsiyasini ilk bor mustaqil ravishda amalga oshirishdi, deb xabar bermoqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
Bunga qadar oʻzbek-rus va oʻzbek-hind qoʻshma jarrohlari 8 ta ortotopik jigar transplantatsiyasini oʻtkazishgan.
V Uzbekistane vpervыe provedena transplantatsiya pecheni - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.02.2018
Jamiyat
Oʻzbekistonda ilk marta jigar boʻlagini koʻchirib oʻtkazish operatsiyasi oʻtkazildi
10 soatdan ortiq vaqt davom etgan operatsiyada Buxoro viloyatining Romitan tumanidan kelgan jigar tsirrozi bilan xastalangan bemor — 38 yoshli Azima Roziqovaga 42 yoshli akasi Bekmurod Roziqovning jigaridan bir boʻlak koʻchirib oʻtkazildi.
Hozirda bemorlarning ahvoli yaxshi, donor palataga olingan.
"Bugungi kunda kamida yiliga 40-50 nafar oʻzbekistonliklar jigar transplantatsiyasi uchun xorij davlatlariga borishmoqda. Lekin hammaning ham bunga imkoni yoʻq. Shuning uchun ilk marta mustaqil jigar transplantatsiyasini amalga oshirdik. Aminmiz, ikki bemorimiz ham toʻliq sogʻayib ketadi. Yaqin kunlarda yana bitta jigar transplantatsiyasi amaliyotini amalga oshirishga tayyorgarlik koʻrmoqdamiz. Bir soʻz bilan aytganda, bu hali boshlanishi. Kelajakda jigar transplantatsiyasini kundalik operatsiyalar qatoriga qoʻshib, ushbu kasallik bilan ogʻrigan bemorlarimiz dardiga darmon boʻlish niyatidamiz", - deyiladi vazirlik xabarida.
Oʻzbekistonda jigar transplantatsiyasi dasturini rivojlantirishning yangi bosqichi Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Rossiyaning akademik V.I. Shumakov nomidagi transplantologiya va sunʼiy organlar milliy tibbiyot ilmiy markazi oʻrtasida memorandum imzolanishi bilan boshlangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala