O‘zbekiston aholisining etnik tarkibi ma’lum qilindi

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova Festival molodeji v Chirchike

Festival molodeji v Chirchike - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 29,2 mln o‘zbek, 1,7 mln tojik, 821,2 ming qozoq, 752,7 ming qoraqalpoq va boshqa millatlarga mansub kishilar yashaydi.
TOShKENT, 19 avg – Sputnik. O‘zbekiston doimiy aholisi2021 yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra 34,6 million kishini tashkil etgan. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Mamlakat doimiy aholisining etnik tarkibi quyidagicha:
o‘zbek — 29,2 million kishi;
tojik — 1,7 million kishi;
qozoq — 821,2 ming kishi;
qoraqalpoq — 752,7 ming kishi;
rus — 720,3 ming kishi;
qirg‘iz — 291,6 ming kishi;
turkman — 206,2 ming kishi;
tatar — 187,3 ming kishi;
koreys — 174,2 ming kishi;
ukrain — 67,9 ming kishi;
ozarbayjon — 41,2 ming kishi;
belorus — 18,5 ming kishi.
Avvalroq 2021-yilning yanvar-iyul oylarida 2 113 nafar O‘zbekiston fuqarolari va chet ellik fuqarolar o‘rtasida nikoh qayd qilingani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0