Jamiyat

Oʻzbekiston va Rossiya maktabgacha taʼlim tizimi uchun mutaxassislarni tayyorlaydi

© Ministerstvo doshkolnogo obrazovaniya UzbekistanaV Tashkent pribыla delegatsiya upravleniya Prezidenta Rossiyskoy Federatsii po mejregionalnыm i kulturnыm svyazyam s zarubejnыmi stranami
V Tashkent pribыla delegatsiya upravleniya Prezidenta Rossiyskoy Federatsii po mejregionalnыm i kulturnыm svyazyam s zarubejnыmi stranami - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.08.2021
Rossiya prezidentining xorijiy davlatlar bilan mintaqalararo va madaniy aloqalar boshqarmasi departament boshligʻi Aleksey Vlasov boshchiligidagi delegatsiya vakillari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
TOSHKENT, 19 avg — Sputnik. Bugun Maktabgacha taʼlim vazirligida Rossiya Federatsiyasi prezidentining xorijiy davlatlar bilan mintaqalararo va madaniy aloqalar boshqarmasi departament boshligʻi Aleksey Vlasov boshchiligidagi delegatsiya vakillari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
© Ministerstvo doshkolnogo obrazovaniya UzbekistanaV Tashkent pribыla delegatsiya upravleniya Prezidenta Rossiyskoy Federatsii po mejregionalnыm i kulturnыm svyazyam s zarubejnыmi stranami
V Tashkent pribыla delegatsiya upravleniya Prezidenta Rossiyskoy Federatsii po mejregionalnыm i kulturnыm svyazyam s zarubejnыmi stranami - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.08.2021
V Tashkent pribыla delegatsiya upravleniya Prezidenta Rossiyskoy Federatsii po mejregionalnыm i kulturnыm svyazyam s zarubejnыmi stranami
Unda A.Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkentdagi filiali faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama etildi.
Oliy taʼlim muasssasida 2021-2022 oʻquv yili uchun 8 ta yoʻnalishda jami 400 dan ortiq qabul kvotasi belgilangan. Ayniqsa, “Psixologiya”, “Maktabgacha taʼlim” va “Lingvistika” (rus tilini oʻqitish metodikasi) yoʻnalishlarida tanlov yuqori ekanligi taʼkidlandi.
Respublikada soʻnggi 4 yil ichida bolalarni maktabgacha taʼlimga qamrab olish 27 foizdan 60 foizga yetgani inobatga olinsa, mazkur Universitetda tayyorlanadigan malakali mutaxassislarga ehtiyoj kuchli ekani oydinlashadi.
Uchrashuvda vazirlik bilan hamkorlikda “Mittivoy” loyihasi amalga oshirilayotgani, buning uchun 14 ta maktabgacha taʼlim muassasasi tanlab olingani haqida maʼlumot berildi. Shuningdek, yangi oʻquv yilini samarali tashkil etishga oid va yil davomida ikki davlat mutaxassislari ishtirokida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala