Siyosat

Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov senator boʻldi

© Facebook / ChilanzarXokim Chilanzarskogo rayona Davron Xidoyatov
Xokim Chilanzarskogo rayona Davron Xidoyatov  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.08.2021
Deputatlarning 518 nafari Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatovni yoqlab ovoz bergani maʼlum qilindi
TOSHKENT, 24 avg - Sputnik. Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov Senat aʼzosi etib saylandi.
Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga Toshkent viloyati hokimligi matbuot-xizmati xabar berdi.
Stroitelstvo jilogo kompleksa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.01.2021
Jamiyat
Bundan keyin uylar “korobka” holatida topshirilmaydi - Hidoyatov
"Sanoq komissiyasi xulosasiga koʻra, qoʻshma majlisda 535 ta deputat ishtirok etib, ovoz berish jarayonlariga 531 kishi qatnashdi. Shundan 4 ta saylov blyuteni haqiqiy emas, deb topildi, 9 ta blyutendan foydalanilmadi. ️Qoʻshma majlisda ovoz berishda ishtirok etgan deputatlarning 518 nafari Davron Hidoyatovni yoqlab ovoz bergani maʼlum qilindi. Shunday qilib, viloyat hokimi mutloq koʻpchilik ovoz bilan Oliy Majlis Senati aʼzosi etib saylandi", - dedi suhbatdosh.
Taʼkidlanishicha, qoʻshma yigʻilishda Hidoyatov soʻz olib, bildirilgan ishonch uchun xalq vakillariga minnatdorlik bildirgan.
Maʼlumot uchun, Davron Hidoyatov joriy yilning 19 martida prezident taklifiga binoan Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlangan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala