Jamiyat

Koronavirusga qarshi emlashga vaqtinchalik va doimiy monelik qiluvchi holatlar belgilandi

© Sputnik / Fotobankka oʻtishMedik gotovit shprits s vaktsinoy
Medik gotovit shprits s vaktsinoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.08.2021
Vaqtinchalik yoki doimiy tibbiy cheklovlar maxsus komissiya tomonidan belgilanadi.
TOSHKENT, 26 avg – Sputnik. Sogʻliqni saqlash vazirining tegishli buyrugʻi bilan ommaviy emlash jarayonlarida amal qilinishi kerak boʻlgan asosiy qoidalar ayta koʻrib chiqildi. emlashga vaqtinchalik yoki doimiy tibbiy cheklovlar boʻlgan taqdirda amalga oshiriladigan ishlar belgilandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, emlanishi lozim boʻlgan aholi vakillari shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan birlamchi tibbiy-sanitariya boʻgʻini muassasalarining roʻyxatxonasiga murojaat qiladi va oilaviy shifokor tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, uning xulosasi fuqaroning tibbiy kartasida qayd qilinadi.
Emlanishga qarshi tibbiy koʻrsatma mavjud boʻlsa, u holda emlashga vaqtinchalik yoki doimiy tibbiy cheklov qoʻyiladi.
Vaqtinchalik yoki doimiy tibbiy cheklovlar faqat davolash-profilaktika muassasalari rahbariyati tomonidan tasdiqlangan maxsus komissiya tomonidan belgilanadi.
Vaqtinchalik qarshi koʻrsatmalar:
koronavirus kasalligining oʻtkir shakli boʻlgan bemorlar;
laboratoriyada SOVID-19 musbat natija bergan, biroq klinik belgilar boʻlmagan shaxslar;
koronavirus kasalligi bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda boʻlganlar karantin muddati tugaganidan keyin emlanadi.
Emlashga uzoq muddatli va doimiy moneliklar:
anamnezida ogʻir allergik reaktsiyalari (anafilaktik shok) boʻlgan shaxslar (tasdiqlovchi tibbiy hujjat boʻlganda);
homilador va emizikli ayollar (vaktsinaning ushbu kontingentga xavfsizligi toʻgʻrisida maʼlumot yetarli emasligi sababli);
18 yoshgacha boʻlgan bolalar;
anamnezida tugʻma yoki orttirilgan immunotanqislik holati, OIV infektsiyasi boʻlgan bemorlar;
vaktsinaning komponentlariga yuqori sezgirligi boʻlgan shaxslar.
Jahon sogʻlikni saqlash tashkilotining tavsiyalariga va vaktsinalarning yoʻriqnomalariga asoslangan holda emlashdagi interval 21 kundan 12 haftagacha belgilanadi.
Oʻzbekistonda shu kungacha 13 million dozadan ortiq vaktsina qoʻllanilgan va 1,55 milliondan ziyod fuqaro toʻliq emlangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala