Siyosat

Oʻzbekistonda 115 nafar qatagʻon qurbonlari oqlandi

Molotok sudi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.08.2021
Oliy sud 1920-30 yillarda qatagʻon boʻlgan 115 kishini oqladi.
TOSHKENT, 26 avg – Sputnik. Oʻzbekiston Oliy sudi XX asr boshida qatagʻon boʻlgan 115 kishini oqladi. Bu haqda sud matbuot xizmati xabar bermoqda.
Respublikasi Bosh prokuraturasi 1920-30 yillarda qatagʻon boʻlgan shaxslarga nisbatan oltita jinoyat ishlari yuzasidan tegishli tartibda Oliy sudning Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga protestlar keltirgan.
“2021 yil 25 avgust kuni ushbu jinoyat ishlari Oliy sud raisi oʻrinbosari Ikrom Muslimov raisligida oʻtkazilgan ochiq sud majlislarida koʻrib chiqilib, keltirilgan protestlar qanoatlantirildi va JPKning 83-moddasiga asosan jami 6 ta jinoyat ishi boʻyicha 115 nafar shaxs oqlandi”, - deyilgan xabarda.
Eslatib oʻtamiz, 2020 yil 8 oktyabrdagi mamlakat prezidentining “Qatagʻon qurbonlarining merosini yanada chuqur oʻrganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoyishi qabul qilingan edi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev vozlojil tsvetы k podnojiyu Monumenta nezavisimosti i gumanizma. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.08.2020
Jamiyat
Mirziyoyev Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qoʻydi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala