Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Oʻzbekistonning Afgʻoniston boʻyicha rasmiy pozitsiyasi aytildi

© AP Photo / Jafar KhanAfganskiye bejentsы vʼyezjayut v Pakistan cherez pogranichnыy perexod v Chamane
Afganskiye bejentsы vʼyezjayut v Pakistan cherez pogranichnыy perexod v Chamane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.08.2021
Afgʻonistondagi vaziyat sababli ayrim davlatlarning diplomatik vakilatxonalari faoliyati toʻxtatilgan boʻlsa-da, Oʻzbekistonning Kobul va Mazori Sharif shaharlaridagi diplomatik vakolatxonalari faoliyatini davom ettirmoqda
TOSHKENT, 26 avg - Sputnik. Oʻzbekiston Afgʻonistondagi barcha ichki siyosiy kuchlar oʻrtasida Afgʻonistonning yangi hukumatini tuzish boʻyicha milliy murosaga imkon qadar tezroq erishishdan manfaatdor. Bu haqda Oliy Majlis Senatining oʻn skkizinchi yalpi majlisida hisobot bergan Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Farhod Arziyev bayonot qildi.
Xususan, Arziyevning taʼkidiga koʻra, Afgʻonistondagi vaziyat boʻyicha Oʻzbekiston Afgʻonistondagi barcha ichki siyosiy kuchlar oʻrtasida Afgʻonistonning yangi hukumatini tuzish boʻyicha milliy murosaga imkon qadar tezroq erishishdan manfaatdor. Oʻzbekiston mazkur mamlakatda keng vakillikka asoslangan inklyuziv koalitsion hukumatni tuzish asnosida tinchlik oʻrnatilishini qoʻllab-quvvatlaydi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Xalqaro hamkorlariga Afgʻonistondan fuqarolarni tranzit yoʻli bilan xavfsiz joyga koʻchirish borasidagi ishlariga yordam bermoqda. Bundan tashqari, tranzit orqali Afgʻonistondan chiqib ketayotgan fuqarolar belgilangan manzilga yetib borishi kafolatlangan. "Tranzit yoʻli bilan Oʻzbekistonga kirib kelganlarning hech biri mamlakatimizda qolmaydi", - degan vazir oʻrinbosari.
Afgʻonistondagi vaziyat sababli ayrim davlatlarning diplomatik vakilatxonalari faoliyati toʻxtatilgani, oʻz navbatida Oʻzbekistonning Kobul va Mazori Sharif shaharlaridagi diplomatik vakolatxonalari faoliyat olib borayotgani aytib oʻtildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala