Madaniyat

Rossiya olimlari Oʻzbekistondagi qadimiy qoʻlyozmalarni saqlashga yordam bermoqda

© Press-slujba Akademii nauk UzbekistanaRestavratsiya drevnix rukopisey
Restavratsiya drevnix rukopisey  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.08.2021
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar xazinasida 26 000 jildga yaqin qoʻlyozma mavjud.
TOSHKENT, 25 avg — Sputnik. Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutiga press-tur tashkil etildi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.
© Press-slujba Akademii nauk UzbekistanaRestavratsiya drevnix rukopisey
Restavratsiya drevnix rukopisey  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.08.2021
Restavratsiya drevnix rukopisey
Jurnalistlarga institut faoliyati va bu yerda kechayotgan ilmiy jarayonlar haqida atroflicha maʼlumot berildi. Institutda saqlanayotgan asarlarning eng qadimiysi IX asrga, eng yangilari esa XX asr oʻrtalariga taalluqlidir.
© Press-slujba Akademii nauk UzbekistanaRestavratsiya drevnix rukopisey
Restavratsiya drevnix rukopisey  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.08.2021
Restavratsiya drevnix rukopisey
Hozirgi vaqtda qoʻlyozmalar xazinasida 26 000 jildga yaqin qoʻlyozma mavjud. Toshbosma va nashr etilgan kitoblarning umumiy soni 40 000 jildni tashkil etadi. Bundan tashqari, 10 000 ga yaqin tarixiy hujjatlar ham saqlanadi. Ular Markaziy Osiyo va Sharq davlatlari tarixini oʻrganishda muhim manba boʻlib xizmat qilmoqda.
© Press-slujba Akademii nauk UzbekistanaRestavratsiya drevnix rukopisey
Restavratsiya drevnix rukopisey  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.08.2021
Restavratsiya drevnix rukopisey
Institut Yosh olimlar kengashi raisi Hilola Nazirovaning maʼlum qilishicha, qoʻlyozmalarni oʻrganish, dolzarb mavzularda tadqiqotlar oʻtkazish yuzasidan rossiyalik olimlar bilan muntazam hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Ular “Bilimkent” seminari doirasida oʻz maʼruzalari bilan faol ishtirok etib kelishmoqda.
© Press-slujba Akademii nauk UzbekistanaRestavratsiya drevnix rukopisey
Restavratsiya drevnix rukopisey  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.08.2021
Restavratsiya drevnix rukopisey
“Biz aholida saqlanayotgan qadimiy qoʻlyozmalarni ham qabul qilib olamiz. Lekin ularni kimyoviy zararsizlantirib, asosiy fondga qoʻshishda muammolar bor edi. Bunda bizga Hamdoʻstlik mamlakatlari kutubxona sohasi mutaxassislari uchun tashkil etilgan doimiy seminar yordam berdi. Bizning iltimosimizga koʻra, Rossiya chet el adabiyoti kutubxonasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan mahorat saboqlarida qoʻlyozmalarga ishlov berish va zararsizlantirish usullarini oʻzlashtirib oldik” – dedi institut restavratsiya boʻlimining yetakchi mutaxassisi Xadjayeva Bashorat.
© Press-slujba Akademii nauk UzbekistanaRestavratsiya drevnix rukopisey
Restavratsiya drevnix rukopisey  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.08.2021
Restavratsiya drevnix rukopisey
2000 yilda Institutning qoʻlyozmalar xazinasi dunyodagi eng boy qoʻlyozmalar majmualaridan biri sifatida YUNESKO Madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan.
© Press-slujba Akademii nauk UzbekistanaRestavratsiya drevnix rukopisey
Restavratsiya drevnix rukopisey  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.08.2021
Restavratsiya drevnix rukopisey
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala