Srechko Katanes O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqaradi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaV Tashkent pribil slovenskiy trener Srechko Katanes
V Tashkent pribil slovenskiy trener Srechko Katanes - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.08.2021
Obuna bo‘lish
Srechko Katanes futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘ldi.
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Bugun Srechko Katanesning O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan shartnoma imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Sloveniyalik mutaxassis 2025-yilga qadar O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritadi.
Eldor Shomurodov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2021
Rasmiy debut gol va muhim zafar: Shomurodov “Roma”ga g‘alaba keltirdi
Katanes 1963-yilda Sloveniyaning Lyublyana shahrida tavallud topgan. 1981-1994 yillar davomida “Partizan”, “Shtutgart”, “Sampdoriya” kabi jamoalarda to‘p surgan. Ushbu davr mobaynida A-Seriya va Italiya kubogini qo‘lga kiritgan, shuningdek, UYeFA Championlar ligasi va UYeFA Kubogi final uchrashuvlarida ishtirok etgan hamda Yevropa Kubok egalari kubogida zafar quchgan.
Murabbiylik faoliyatida esa Makedoniya, Birlashgan Arab Amirligi, Sloveniya va Iroq milliy terma jamoalarini boshqargan. Srechko Katanes tarixda birinchi bor Sloveniya milliy terma jamoasini Jahon va Yevropa chempionatlariga olib chiqqan murabbiy hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0