Jamiyat

Niagara sharsharasi Oʻzbekiston bayrogʻi ranglariga burkanadi

© Sputnik / Vera Golosova / Fotobankka oʻtishNiagarskiy vodopad
Niagarskiy vodopad - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.08.2021
Niagara sharsharasining mamlakat bayrogʻi tusiga kirishi 15 daqiqa davom etadi va uni onlayn tomosha qilish mumkin.
TOSHKENT, 29 avg — Sputnik. 1 sentabr kuni AQSH va Kanada chegarasida joylashgan Niagara sharsharasi Oʻzbekiston mustaqilligining 30 yilligi sharafiga respublika milliy bayrogʻi ranglariga burkanadi.
"Dunyo" AA xabariga koʻra, Oʻzbekistonning AQSH va Kanadagi (qarorgohi Vashingtonda) elchixonasi Niagara sharsharasi maʼmuriyati bilan ushbu tadbirni tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishgan.
Elchixona maʼlumotiga koʻra, Gʻarbiy yarim sharning eng katta sharsharasining Oʻzbekiston bayrogʻi ranglariga bezanishini 1 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan 22:30 da (2 sentyabr Toshkent vaqti bilan 07:30 da) jonli efirda quyidagi ilovada (https://www.earthcam.com/canada/niagarafalls/?cam=niagarafalls_str.) tomosha qilish mumkin
V ramkax Festivalya molodeji ustanovili flag Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.06.2021
Jamiyat
Qashqadaryodagi eng baland choʻqqiga Oʻzbekiston bayrogʻi oʻrnatildi
Niagara sharsharasining mamlakat bayrogʻi tusiga kirishi 15 daqiqa davom etadi.
AQSH va Kanadada yashovchi oʻzbekistonliklar esa ushbu tadbirni veb-saytidagi anketani toʻldirib, toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatish imkoniyatiga ega.
Niagara Shimoliy Amerikada eng mashhur sharshara va eng yirik sayyohlik hududi hisoblanadi. Sharsharani koʻrish uchun har yili butun dunyodan millionlab sayyohlar keladi.
Sharshara kengligi 792 metr, balandligi esa 53,6 metrni tashkil etadi. Undan tushayotgan suv hajmi sekundiga 2,2 million kubometrga teng. Niagara sharsharasini tunda yoritish uchun 1,4 mingta yoritgichdan foydalaniladi. Ular birgalikda 16 milliondan ortiq rangda turli kompozitsiyalarni tashkil etish imkoniyatiga ega.
Eslatib oʻtamiz, 2020 yilda Oʻzbekiston mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida joylashgan dunyoning eng baland imorati - Burj Xalifada Oʻzbekiston bayrogʻi 1 sentyabr kuni 1 daqiqa davomida namoyish etilgandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala