Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

“Tolibon” Kobul aeroportini oʻz nazorati ostiga olish muddatini belgiladi

© AFP / SGT GLEN MCCARTHYEvakuatsiya jiteley Kabula
Evakuatsiya jiteley Kabula  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.08.2021
Toliblar Kobul aeroporti 31 avgust kuni qoʻlga olishni rejalashtirmoqda.
TOSHKENT, 30 avg – Sputnik. Kobul aeroporti 31 avgust kuni Amerika oʻz harbiylarini olib chiqib ketishni yakunlagach, “Tolibon”* nazorati ostiga oʻtadi. Bu haqda Al-Jazeera telekanali xabar qilmoqda.
“Harakat Kobul aeroprti ustidagi nazoratni ertaga, 31 avgust kuni, AQSH qoʻshinlari toʻliq chiqarilgandan soʻng oʻz nazorati ostiga oladi”, - degan manba.
Manbaning aniqlik kiritishicha, hozirda toliblar aeroport ishini taʼminlash uchun texnik koʻmak toʻgʻrisida Turkiya va Qatar bilan maslahatshuvlar oʻtkazmoqda, ammo hozircha kelishuvga erishilmagan.
Stranы mira. Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.08.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Kobulda kuchli portlash sodir boʻldi
Afgʻonistondan AQSH qoʻshinlari olib chiqib ketilishi boshlanishi bilan toliblar faollashdi va qisqa muddat ichida mamlakatning yirik viloyatlarini egallab oldi. 15 avgust kuni Kobulni qoʻlga kiritishdi. Jangarilar Afgʻonistonning deyarli barcha chegara hududlarini nazorat qilishmoqda.
Gʻarb elchixonalari bilan ishlagan xorijliklar va afgʻonlarni evakuatsyai qilish Kobuldagi yagona aeroport orqali amalga oshirilmoqda. Uni AQSH va NATOning boshqa mamlakat harbiylari nazorat qilmoqda.
Oq uy rahbari Jo Bayden Amerika qoʻshinlari 31 avgustgacha Afgʻonistonni toʻliq tark etishini vaʼda bergan. Toliblar bu kuni “qizil chiziq” sifatida belgilashgan.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala