Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

“Al-Qoida”* toliblarga qoʻshildi - Afgʻoniston qarshilik fronti

© AFPBoyeviki "Talibana"* v provintsii Lagman, Afganistan
Boyeviki Talibana* v provintsii Lagman, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.09.2021
Panjsherdagi qarshilik koʻrsatish kuchlari “Al-Qoida” toliblarga qoʻshilgani haqida maʼlum qildi.
TOSHKENT, 2 sen — Sputnik. Afgʻoniston qarshilik frontining maʼlum qilishicha, "Al-Qoida"* terrorchilik tashkiloti muxolifatga qarshi kurashda Tolibon* safiga qoʻshildi.
"AQSH orqaga chekindi, tarix takrorlanmoqda", - deyilgan ularning Twitterdagi xabarida.
Avvalroq Al-Jazeera telekanali yangi hokimiyat oʻz siyosatiga qarshi chiqqanlarga harbiy operatsiya oʻtkazishga qaror qilgani haqida xabar bergandi. Oxirgi maʼlumotlarga koʻra, jangarilar 11 ta nazorat punktini egallab olishgan va qarshilik koʻrsatish kuchlarining 34 nafar jangchini, jumladan, 2 nafar qoʻmondonni oʻldirishdi.
Amerikanskiye voyennыe v aeroportu Kabula - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.09.2021
Kolumnistlar
AQSH boshqa urush qila olmaydi. Ular dunyoda qanday hukmronlik qilmoqchi boʻlgan
Oʻz navbatida qarshilik frontida oʻtar kechasi 350 nafar jangari yoʻq qilinganini maʼlum qildi.
Amerika kontingenti chiqib ketishi fonida toliblar hujum boshladi va yigirma yillik urush tugaganini eʼlon qilib, barcha yirik shaharlarni egallab oldi. Ularning nazorati ostida boʻlmagan yagona viloyat - poytaxt shimoli-sharqidagi togʻli hududda joylashgan Panjshir.
U yerda 2001 yil 9 sentyabrda oʻldirilgan “Shimoliy alyans” rahbari Ahmad Shoh Masʼudning oʻgʻli Ahmad Masʼud boshchiligida qarshilik koʻrsatish kuchlari toʻplangan.
"Tolibon* inklyuziv hukumat tuzib, fuqarolik huquqlarini himoya qilsa, qarshi kurash tugaydi", - deb aytdi u.
Al-Qoida*- yirik terrorchilik tashkilotlaridan biri, uning hisobida koʻplab hujumlar, shu jumladan AQShda 2001 yil 11 sentyabrda sodir etilgan teraktlar.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader