Hodisalar

“Vatanparvarlik yoki bezorilik”: Toshkentda haydovchilar ustunlardan bayroqlarni yechib olishdi

Flag Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.09.2021
Ayrim haydovchilar bayroqlarni oʻzlarining avtomashinasiga oʻrnatib, Mustaqillik bayramini mana shunday nishonlamoqchi boʻlishgan.
TOSHKENT, 2 sen – Sputnik. Internet tarmogʻida ayrim haydovchilar Toshkent shahri koʻchalaridagi ustunlarga oʻrnatilgan davlat bayrogʻini oʻzboshimchalik bilan yechib olayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Poytaxt IIBB bunga munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, 2021 yil 1 sentyabr kuni poytaxtning bir nechta tumanlarida transport vositalarining haydovchilari va yoʻlovchilari bayram munosabati bilan hokimiyat tomonidan oʻrnatilgan davlat bayroqlarini oʻzboshimchalik bilan yechib olishgan. Ular bu bayroqlarni oʻzlarining avtomashinasiga oʻrnatib, bayramni nishonlamoqchi boʻlishgan.
Biroq bayroqlar transport vositasiga mustahkamlab oʻrnatilmagani sabab harakatlanish chogʻida noqulayliklar tugʻdirib, harakat xavfsizligiga tahdid solgan.
Shuningdek ushbu holatlar fuqarolar tomonidan davlat ramzlari va davlat mulki toʻgʻrisidagi qonun talablarini buzilishiga olib kelgan. Bunday haydovchilarga nisbatan ichki ishlar organlari xodimlari chora koʻrgan.
Idora bu kabi huquqbuzarliklar uchun Oʻzbekiston Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 203-1-moddasida (“Davlat ramzlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish”) maʼmuriy javobgarlik borligini eslatgan.
“Vatanparvarlik oʻz vataningiz qonunlariga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda boʻlishda namoyon etilmasligi kerak. Vatanparvarlikni qonunlarga rioya etgan holda namoyon qiling”, - deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala