Jamiyat

Hafta oxirida havo keskin soviydi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Fotobankka oʻtishDorojnыy znak "Ostanovka zapreщena
Dorojnыy znak Ostanovka zapreщena - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.09.2021
9-10 sentyabrda salqin havo massasi Oʻzbekistonning barcha hududlarini qamrab oladi.
TOSHKENT, 6 sen – Sputnik. Oʻzgidromet haftalik ob-havo prognozini taqdim etdi.
6-7 sentyabr kunlari Oʻzbekiston aholisini havo harorati +34...+39 daraja atrofida boʻlgan iliq va quruq ob-havo quvontiradi.
8 sentyabrda respublika shimoliga antittsiklon kirib kelishi boshlanadi, antittsiklon Volga boʻyi hududlaridan salqin havoni olib keladi. 9-10 sentyabrda salqin havo massasi Oʻzbekistonning barcha hududlarini qamrab oladi.
Respublika boʻyicha asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. 8 sentyabr kuni respublika hududining koʻp qismida harorat +32...+37 daraja boʻlgan iliq ob-havo saqlanib turadi, faqat shimoliy viloyatlarda harorat +25...+30 darajagacha pasayadi.
9-10 sentyabrda Oʻzbekistonning barcha hududlarida havo salqinlashadi. 10 sentyabrda havo harorati kechalari va erta togda +12...+17 darajagacha, kunduz kunlari +23...+28 darajagacha pasayadi. Taʼkidlanishicha, bu oʻrtacha koʻp yillik qiymatlardan +2...+4 darajaga pastdir.
8-10 sentyabrda havo massasining oʻzgarishi Oʻzbekistonning koʻpchilik viloyatlarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi bilan kuzatiladi.
6-7 sentyabrda respublikaning shimoliy va choʻl hududlari boʻyicha shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader