Magistraturaga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi

© Sputnik / Pavel LisisinAbituriyent
Abituriyent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2021
Obuna bo‘lish
Imtihonlarda ishtirok etgan talabgorlar tanlov natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin.
TOShKENT, 6 sen – Sputnik. 2021–2022 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi. Bu haqda Davlat test markazi xabar bermoqda.
1. magistr.dtm.uz sayti orqali - saytiga talabgorning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda;
2. mandat.dtm.uz sayti orqali - saytining "Magistratura-2021" bo‘limidan talabgorning ID raqamini kiritgan holda;
3. Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (talabgorning ID raqamini yuborgan holda):
@mandat2021bot,
@mandat_2021_1_bot,
@mandat2021_2_bot,
@mandat2021_3_bot,
@mandat2021_4_bot;
4.test natijalari qaydnomasi orqali.
Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.
Yangiliklar lentasi
0