Sport

MDH oʻyinlarida oʻzbekistonliklar raqiblarini dogʻda qoldirishmoqda

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Fotobankka oʻtishPredstaviteli komandы Uzbekistana na tseremoniya otkrыtiya I Igr SNG
Predstaviteli komandы Uzbekistana na tseremoniya otkrыtiya I Igr SNG - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.09.2021
Qozonda boʻlib oʻtayotgan ilk MDH oʻyinlari doirasida Oʻzbekiston terma jamoasi bir kunda 27 ta medalni qoʻlga kiritdi.
TOSHKENT, 6 sentyabr – Sputnik. Rossiyaning Qozon shahrida oʻtkazilayotgan MDH oʻyinlarining navbatdagi kuni Oʻzbekiston vakillari uchun juda omadli keldi. 5 sentyabr dasturidagi bahslarda terma jamoa aʼzolari 27 ta medalni qoʻlga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Medallar boks va belbogʻli kurash boʻyicha qoʻlga kiritildi. Oʻzbekistonlik sportchilar har ikki sport turi boʻyicha 7 tadan oltin medalga ega chiqishdi. Bundan tashqari, 12 ta kumush va 1 ta bronza medal delegatsiya hisobiga yozib qoʻyildi.
Bunday ulkan natijadan soʻng Oʻzbekiston vakillari jami 14 ta oltin, 14 ta kumush va 8 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida ikkinchi oʻringa koʻtarilib oldi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala