Iqtisod

Oʻzbekistonda yengil avtomobillar importi kamaydi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Fotobankka oʻtishAvtomobili
Avtomobili - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.09.2021
Joriy yilning 7 oyi mobaynida Oʻzbekiston 12,2 mingta yengil avtomobil import qilgan.
TOSHKENT, 8 sen – Sputnik. 2021 yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekistonga 12,2 mingta yengil avtomobil import qilingan. Bu oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5983 taga kam. Bundan Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlari darak bermoqda.
Qiymati 258,3 mln dollarga teng bu avtomobillar 21 ta xorijiy davlatlardan olib kelingan.
Joriy yilning 7 oyi mobaynida Oʻzbekistonga yengil avtomobillar eng koʻp Xitoy (3751), Koreya (3187), Rossiya (2589), Qozogʻiston (1330), Polsha (386), Litva (312), Tailand (250), AQSH (238), Germaniya (70) va Yaponiyadan (56 ) import qilingan.
Pekinskiy mejdunarodnыy avtosalon Auto China - elektromobil Good Cat ot Ora, brenda Great Wall Motors - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.08.2021
Iqtisod
Yetti oyda Oʻzbekistonga 432 ta elektromobil olib kelindi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala